5x5 futbol bo‘yicha mamlakat chempionatida kuchlilar aniqlandi
Xabar berganimizdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida 5x5 futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Uch kun davom etgan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan jami oltita jamoa o'zaro bahs olib bordi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi birinchi o'ringa sazovor bo‘ldi. Navoiy viloyati vakillariga kumush medallar nasib qilgan bo'lsa, Toshkent shahri sportchilari kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi mas'ullari, ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.