locale OZ

50 million, lekin o‘ynamayapti: O‘zbekistonda Husonovga nisbatan shubhalar paydo bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik futbol sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev milliy jamoa va angliyalik "Manchester City" himoyachisi Abduqodir Husonovning jismoniy holati borasida xavotir bildirdi. Bu haqda u JCH-2026 saralash bosqichida BAAga qarshi o‘yin arafasida "Fint Turaeva" YouTube kanalida gapirdi.

Jo‘rayevning ta’kidlashicha, hujum va yarim himoyada barqarorlik ko‘zatilayotgan bo‘lsa-da, himoya chizig‘ida muammolar bor.

— Barcha chiziqlarimizda barqarorlik bor, faqat himoyada emas. Husonov, Ashurmatov, Alikulov — go‘yoki asosiy uchlik, lekin Husonov umuman o‘ynamayapti. U qanday formadа ekanini faqatgina Timur Kapadze biladi, — dedi Jo‘rayev.

Sharhlovchi shuningdek, futbolchining transfer bahosi emas, balki uning amaldagi o‘yin amaliyoti muhim ekanini ta’kidladi:

— Qog‘ozda Husonov 50 million dollar, lekin uning mashg‘ulotlarini faqat Kapadze ko‘ryapti.

Abduqodir Husonov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning "Lens" jamoasidan "Manchester City"ga o‘tgan edi. U "shaharliklar" safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Biroq so‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmadi, hatto ba’zan jamoa ro‘yxatiga ham kiritilmadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting