locale OZ

41 yoshli Xorxe Masvidal UFCga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Xorxe Masvidal 2013–2023-yillar davomida UFCda ishtirok etib, 12 ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
41 yoshli Xorxe Masvidal UFCga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Foto: Getty Images

UFCning sobiq jangchisi Xorxe Masvidal professional faoliyatini qayta tiklab, oktagonga qaytishi mumkin. 41 yoshli amerikalik sportchi tashkilot rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Home of Fight xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Masvidal UFCga qaytish bo‘yicha muzokaralar ijobiy davom etayotganini ta’kidlagan. “UFC bilan muzokaralar olib bordim, hammasi yaxshi ketmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring, siz kutganingizdan ham ertaroq nimadir eshitishingiz mumkin”, — dedi jangchi.

Shuningdek, amerikalik sportchi muntazam mashg‘ulot olib borayotganini va hali ham yuqori saviyada jang qilishga qodirligini aytgan. “Hozir ham mashg‘ulot o‘tkazyapman va bu yigitlar bilan raqobatlasha olishimni his qilyapman. 50 yoshga kirganimda imkoniyatdan foydalanmaganim uchun afsuslanishni istamayman. Chunki hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman”, — deya qo‘shimcha qildi Masvidal.

Ma’lumot uchun, Xorxe Masvidal 2013–2023-yillar davomida UFCda ishtirok etib, 12 ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2019-yilda Neyt Diasni mag‘lub etib, BMF kamarini qo‘lga kiritgan. Jangchi 2023-yil aprel oyida Gilbert Byornsga yutqazganidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting