locale OZ

41 yoshli Tiago Silva «Portu»ni tark etdi

Uning klub bilan shartnomasi yakunlanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
41 yoshli Tiago Silva «Portu»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Braziliyalik himoyachi Tiago Silva “Portu” klubini tark etdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, 41 yoshli futbolchining shartnomasi yakuniga yetgan va u «Portu» bilan ikki bosqichdan iborat faoliyatini nihoyasiga yetkazgan.

Ma’lumot uchun, Silva ilk bor 2004 yilda faoliyatining boshida «Portu» zaxira jamoasida o‘ynagan.

Qayd etilishicha, Rio-de-Janeyroda tug‘ilgan markaziy himoyachi ikkinchi davrida Portugaliya chempionati, Yevropa ligasi va mamlakat kubogi doirasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, mamlakat chempioniga aylangan hamda faoliyatidagi 33-sovringa ega chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting