locale OZ

40 yoshli Vozinya JCH-2026dan keyin 10 baravar qimmatlashdi

40 yoshli darvozabon shu tariqa 40 yoshdan oshgan eng qimmat darvozabonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi.
40 yoshli Vozinya JCH-2026dan keyin 10 baravar qimmatlashdi
Foto: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionati kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning transfer qiymati turnirdan so‘ng keskin oshdi. Transfermarkt yangilanishiga ko‘ra, uning narxi 50 ming yevrodan 500 ming yevroga ko‘tarildi, ya'ni 10 baravarga oshdi.

40 yoshli darvozabon shu tariqa 40 yoshdan oshgan eng qimmat darvozabonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. Undan yuqorida faqat Manuel Noyer (4 mln yevro), Igor Akinfeyev (1 mln yevro) va Fernando Muslera (700 ming yevro) joy olgan.

Vozinya JCH-2026da 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning ikkitasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Kabo-Verde esa tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etib, 1/16 finalda Argentinaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting