40 yoshli Kasorla La Liga klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Photo: Getty Images
Ispaniyaning “Real Oviedo” klubi 40 yoshli Santi Kasorla bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.
Futbolchi La Ligaga chiqish bahsida “Mirandes”ni 3:2 hisobida mag'lub etishda o'z hissasini qo'shgan edi.
Rasmiy ma'lumotga ko'ra, ispaniyalik yarim himoyachi “Real Oviedo” klubi bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. U yangi mavsumda La Ligada ishtirok etadi.
Kasorla "Oviedo" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023 yil yozida jamoaga qaytgan.
Eslatib o'tamiz, Santi faoliyati davomida "Arsenal", "Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasi safida ham to'p tepgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor