locale OZ

39 yoshli Halk yubiley golini urdi

U hozirda Braziliya chempionatida o'ynamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
39 yoshli Halk yubiley golini urdi
ФОТО: Getty images

"Atletiko Mineyro" hujumchisi Halk Braziliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Baiya"ga (3:0) qarshi o‘yinda gol urdi.

Natijada ushbu gol 39 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 972 o‘yindagi faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Halk "Atletiko Mineyro" safida 132, "Portu"da 95, "Zenit"da 94, "Shanxay Port"da 93, "Tokio Verdi"da 45, "Sapporo"da 26, Braziliya terma jamoasida 11, "Kavasaki"da 3, Braziliya olimpiya terma jamoasida 1 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting