locale OZ

366 million yevro sarflab, so‘nggi o‘ringa tushgan “Tottenhem”

Yozda Roberto De Zerbi boshchiligidagi jamoa tarkibi jiddiy yangilandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
366 million yevro sarflab, so‘nggi o‘ringa tushgan “Tottenhem”
Foto: Getty Images

“Tottenhem” yozgi transferlar oynasida tarkibini kuchaytirish uchun qariyb 366 million yevro sarfladi. Biroq ulkan xarajatlar hozircha natijaga aylanmadi — London klubi 2026/27-yilgi Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turida birorta ham g‘alaba qozona olmadi va atigi 2 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Yozda Roberto De Zerbi boshchiligidagi jamoa tarkibi jiddiy yangilandi. Klub Sandro Tonali, Mateush Fernandesh, Savinyo va Yan Pol van Xeke kabi futbolchilarni katta mablag‘ evaziga sotib oldi. Transferlar orasida eng qimmati Sandro Tonali bo‘ldi — “Tottenhem” italiyalik yarim himoyachi uchun “Nyukasl”ga 108 million yevro to‘ladi.

Shunga qaramay, yangi futbolchilar ham jamoaning mavsum boshidagi muammolarini hal qila olmadi. “Tottenhem” “Nottingem Forest” va “Everton” bilan golsiz durang qayd etdi, Premyer-ligadagi dastlabki gollarini esa faqat beshinchi turda “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda urdi. Londonliklar o‘sha bahsda ham 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” so‘nggi ikki mavsumning har birini APLda 17-o‘rinda yakunlagan. Klub yozgi yirik transfer kampaniyasi orqali vaziyatni tubdan o‘zgartirishni rejalashtirgan edi, ammo yangi mavsum starti hozircha buning aksini ko‘rsatmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting