35 yoshli Paskal Gross APLda sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
“Brayton” yarim himoyachisi Paskal Gross Angliya Premyer-ligasida sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 35 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyatida ilk bor EA SPORTS Player of the Month sovrinini qo‘lga kiritdi.
Gross sentabr oyida APL doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. U “Koventri”ga qarshi 5:0 hisobidagi g‘alabada bir gol va ikki assist, “Arsenal” ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabada esa bir gol va bir golli uzatma bilan ajralib turdi.
35 yoshu 3 oylik Gross APL tarixida oy futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan oltinchi eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Bu borada undan faqat Styuart Pirs, Teddi Sheringem, Krishtianu Ronaldu, Janfranko Zola va Pol Skouls kattaroq yoshda sovrinni qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Paskal Gross ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan “Brayton” tarixidagi ilk futbolchi bo‘ldi. Shuningdek, u APL tarixida Ilkay Gyundogan, Leroy Sane va Yurgen Klinsmanndan keyin ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan to‘rtinchi germaniyalik futbolchiga aylandi.