locale OZ

29-may kuni U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlanadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
29-may kuni U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlanadi
FOTO: UzbekistanFA

Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash sanasi haqida maʼlum qildi.

Unga koʻra, marosim 29-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida oʻtkaziladi.

Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi koʻrsatkich boʻyicha savatchalarga taqsimlangan. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan oʻrin olgan.

Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vyetnam mezbonlik qiladi.

Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash oʻyinlari 1-9-sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting