locale OZ

28 yoshli Mateta ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi

Hujumchi "Kristal Pelas"da ajoyib mavsumlardan birini o'tkazmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
28 yoshli Mateta ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas"ning 28 yoshli hujumchisi Jan-Filipp Mateta Frantsiya terma jamoasidan birinchi marta chaqiruv oldi.

Joriy mavsum 10 o'yinda 4 ta gol urgan futbolchi oktyabr oyida Frantsiya terma jamoasining JCH-2026 saralashi doirasidagi Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun taklif qilingan.

Avvalroq Mateta faqat Frantsiya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan va 2024 yilgi Olimpiada o'yinlari uchun ham tarkibga kiritilgandi.

O'tgan yozgi transfer vaqtida futbolchiga bir qancha jamoalar tomonidan qiziqish bo'lgandi. “Liverpul” va “Nyukasl" asosiy xaridor sifatida qaralgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting