27-mart kuni o‘zbekiston figuristlari muz maydoniga chiqadi
Rasm: Sport box.ru Dmitriy Chigirеv va Yekaterina Geynish
26-martdan 27-martga o‘tar kechasi AQShning Boston shahrida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Ushbu turnirda sportchilar 2026-yilgi jahon chempionati kvotalarini va Italiyada o‘tkaziladigan 2026-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun kurashadi.
O‘zbekiston nomidan figurali uchuvchilar - Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish ishtirok etadi. Qisqa dasturda 27-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 3:45 da o‘zbek sportchilari muz maydoniga chiqadi.
Turnir 30-martgacha davom etadi. Jahon chempionatida erkaklar va ayollar yakkalik musobaqalarida, juftliklar va muz ustida raqsda medallar o‘ynaladi.
Dmitriy Chigirеv va Yekaterina Geynish juftligi 2025-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi
Bakradze Iman
Redaktor