locale OZ

25-sentyabr kuni «Dinamo» Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi

"Dinamo" bugun "Jar" stadionida o‘yin oldi mashg‘ulotni o‘tkazdi, jamoa yarimfinalga shay.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
25-sentyabr kuni «Dinamo» Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi
photo: Dinamo FK

Ertaga katta futbol! «Dinamo» Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi

«Dinamo» jamoasi navbatdagi bahsda Toshkentda mavsumdagi eng muhim o‘yinlaridan birini «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi.

Final oldi final deya ta’riflanayotgan bu qarama-qarshilikdagi g‘alaba «Dinamo» uchun ham, «Paxtakor» uchun ham juda muhim ahamiyatga ega. 25 sentyabr, payshanba kuni poytaxtdagi «Jar» stadionida o‘tadigan yarimfinal to‘qnashuvi shiddatli va qiziqarli o‘tishi aniq. «Paxtakor» — «Dinamo» o‘yinida ko‘hna shahardan ham yuzlab muxlislar jamoamizni Toshkentda qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz. "Dinamo" bugun "Jar" stadionida o‘yin oldi mashg‘ulotni o‘tkazdi, jamoa yarimfinalga shay.

O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal
25 sentyabr (payshanba)
«Paxtakor» — «Dinamo»
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Toshkent, "Jar" stadioni
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00
TV-translyatsiya: Sport

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting