locale OZ

2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasining final bosqichiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

Unga ko‘ra, marosim 2026-yil 9-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasining final bosqichiga qur’a tashlash sanasi ma’lum
photo: UFA

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027-yili Saudiya Arabistoni mezbonligidagi Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, marosim 2026-yil 9-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda turnirda ishtirok etadigan 24 terma jamoadan 23 tasi nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Final bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirokchi terma jamoalar 6 guruhga bo‘linadi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi Saudiya Arabistoni 2027™ musobaqasi 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlash marosimining boshlanish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar OFKning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting