locale OZ

2026/2027-yilgi mavsum mamlakat milliy chempionati – Oliy ligada qatnashadigan klublar soni 12 ta etib belgilandi

Toshkentning “Lokomotiv” futzal jamoasi o‘z nomi, manzili, maqomini o‘zgartirib, Namangan viloyati sharafini himoya etuvchi “Lochin” MCHJ professional futzal klubi sifatida qaytadan tashkil etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026/2027-yilgi mavsum mamlakat milliy chempionati – Oliy ligada qatnashadigan klublar soni 12 ta etib belgilandi
photo: UFF

2026/2027-yilgi mavsum mamlakat milliy chempionati – Oliy ligada qatnashadigan klublar soni 12 ta etib belgilandi.
Bular:

BMB PFK (Jizzax)
SQB PFK (Toshkent)
“Nurafshon” PFK (Buxoro)
OKMK PFK (Olmaliq)
“Nasaf” PFK (Qarshi)
“Samarqand” PFK (Samarqand)
“Lochin” PFK (Namangan)
“Maksam-Chirchiq” PFK (Chirchiq)
“Sayxun” PFK (Guliston)
“Zarafshon” PFK (Navoiy)
“Neftchi” PFK (Farg‘ona)
“Xorazm” PFK (Urganch)

Izoh: Toshkentning “Lokomotiv” futzal jamoasi o‘z nomi, manzili, maqomini o‘zgartirib, Namangan viloyati sharafini himoya etuvchi “Lochin” MCHJ professional futzal klubi sifatida qaytadan tashkil etildi.

Toshkentning “Bunyodkor” futzal jamoasi ham o‘z nomi, manzili va maqomini o‘zgartirib, yangi mavsumdan e’tiboran Navoiy viloyati sharafini himoya etuvchi “Zarafshon” MCHJ professional futzal klubi sifatida ro'yxatdan o'tdi.

Shuningdek, Buxoroning “Oil Star” jamoasi yangi mavsumdan – “Nurafshon”, Samarqandning “Dinamo” jamoasi – “Samarqand”, Sirdaryo viloyatining “Guliston” jamoasi – “Sayxun” nomlari ostida musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting