locale OZ

2026-yilgi Osiyo Kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Osiyo kubogi Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026-yilgi Osiyo Kubogining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqalarining so‘nggi guruhi o‘yinlari yakunlandi. “D” guruhidan Iroq hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari final bosqichiga yo‘llanma olishdi. Shu tariqa final bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalarning nomi ma’lum bo‘ldi.

Final raundiga qur’a tashlash marosimi 2025-yilning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning quyidagi tartibda ehtimoliy savatchalardan o‘rin olishi aytilmoqda.

1-savatcha: Indoneziya (mezbon), Eron, Yaponiya, Tailand
2-savatcha: O‘zbekiston, Vetnam, Afg‘oniston, Iroq
3-savatcha: Quvayt, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iz Respublikasi
4-savatcha: Avstraliya, Livan, Koreya Respublikasi, Malayziya

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi musobaqasi final bosqichi 2026-yil 27-yanvardan 7-fevralga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting