locale OZ

2025/2026-yilgi mavsum to‘purari kim bo‘ladi?

Futzal bo‘yicha mamlakat XXIX milliy chempionati yakuniga yetishiga bir kun qolganda to‘purarlar poygasida g‘olib kim bo‘lishi hamon so‘roq ostida turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 2025/2026-yilgi mavsum to‘purari kim bo‘ladi?
photo: UFF

Futzal bo‘yicha mamlakat XXIX milliy chempionati yakuniga yetishiga bir kun qolganda to‘purarlar poygasida g‘olib kim bo‘lishi hamon so‘roq ostida turibdi.

2025-yil sentyabridan 2026-yil mart oyiga qadar “Oil Star” hujumchisi Elbek To‘lqinov hamda “BMB PFC” vakili Muzaffar Ahadjonov o‘rtasida juda keskin raqobat kechdi. Bir-birini izma-iz quvib borgan ikki yetakchi ta’qibchilardan ancha uzoqlashib ketgandi.

Mart oyida esa Elbek To‘lqinov Indoneziyaning “Bintang Timur Surabaya” jamoasidan tushgan taklifni qabul qilib, legionerga aylandi. Asosiy raqobatchisidan ayrilgan Muzaffar Ahadjonovda esa go‘yo “qiziqish yo‘qolgandek” bo‘ldi — o‘rtadagi 4 ta gol farqi uch oy davomida o‘zgarmadi.

11-turdan boshlab esa “BMB PFC” vakillari uyg‘onishdi. Ayniqsa, yamaykalik afsona Useyn Bolt singari yuqori tezlikni yoqqan adashi Hebbert Oliveyra Bolt ikki yetakchiga deyarli yetib oldi. 12-turda “Bunyodkor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng esa Bolt Muzaffar Ahadjonovni ortda qoldirdi. Elbekka esa atigi bitta gol yetmayapti.

Bugun “BMB PFС” aynan Elbek To‘lqinovning sobiq jamoasi — “Oil Star”ga qarshi maydonga tushadi. Agar Bolt muvaffaqiyat qozonsa, mavsum to‘purariga aylanishi mumkin. Balki, To‘lqinovdan 3 ta gol ortda borayotgan Ahadjonov ham o‘z so‘zini aytar.

Bu qiziqarli va keskin kurashning bevosita guvohi bo‘lishni istasangiz, sizni “Yunusobod” sport majmuasiga taklif etamiz! Bu yerda nafaqat murosasiz uchrashuvlar, balki mavsumning tantanali taqdirlash marosimi ham sizni kutmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting