2024/25 mavsum Angliya kubogi yarim final sanalari rasman e'lon qilindi
2024/25 mavsum Angliya kubogi yarim final sanalari rasman e'lon qilindi
2024/25 mavsum Angliya kubogi yarim final uchrashuvlarining rasmiy jadvali tasdiqlandi. Ushbu bosqichda Angliyaning eng kuchli klublari finalga chiqish uchun kurashadilar. Uchrashuvlar an'anaviy tarzda Londondagi Uembli stadionida o'tkaziladi.
Yarim final uchrashuvlari jadvali Toshkent vaqti bilan:
26 aprel, juma kuni soat 21:15 da maydonga "Kristal Pelas" va "Aston Villa" chiqadi
27 aprel, shanba kuni soat 20:30 da "Nottingem Forest" va "Manchester Siti" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi
Tashkilotchilar xabar berishicha, yarim final g'oliblari bir million funt sterling miqdorida mukofot oladi, mag'lubiyatga uchragan jamoalar esa 500 ming funt sterlingdan.
Angliya kubogi finali 17 may kuni o'tkaziladi.
Bakradze Iman
Redaktor