locale OZ

2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar ishtirokidagi O‘zbekiston chempionatining final bosqichi bahslari yakuniga yetdi

Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘zlarining texnik mahorati, tezkorligi hamda jamoaviy o‘yinlari bilan ajralib turishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar ishtirokidagi O‘zbekiston chempionatining final bosqichi bahslari yakuniga yetdi
photo: UFA

Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘rtasida 2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar ishtirokidagi O‘zbekiston chempionatining final bosqichi bahslari yakuniga yetdi.

Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘zlarining texnik mahorati, tezkorligi hamda jamoaviy o‘yinlari bilan ajralib turishdi. Final uchrashuvlari keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:

2009-yillar (Toshkent shahri)
1-o'rin. Toshkent shahar SM
2-o'rin. Toshkent viloyati SM
3-o'rin. Buxoro SM

2010-yillar (Toshkent shahri)
1-o'rin. Toshkent shahar SM
2-o'rin. Surxondaryo SM
3-o'rin. Farg‘ona SM

2011-yillar (Andijon)
1-o'rin. Surxondaryo SM
2-o'rin. Toshkent viloyati SM
3-o'rin. Farg‘ona SM

2012-yillar (Toshkent viloyati)
1-o'rin. Farg‘ona SM
2-o'rin. Surxondaryo SM
3-o'rin. Samarqand SM

2013-yillar (Sirdaryo)
1-o'rin. Toshkent shahar SM
2-o'rin. Qashqadaryo SM
3-o'rin. Farg‘ona SM

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting