locale OZ

2-Bundesligada tarixiy rekord: bir kunda 27 ta gol urildi

Ma’lumot uchun, Germaniya 2-Bundesligasi 1974-yilda tashkil etilgan.
2-Bundesligada tarixiy rekord: bir kunda 27 ta gol urildi
Foto: Getty Images

Germaniya 2-Bundesligasida 29-avgust kungi uchrashuvlar nihoyatda sermahsul o‘tdi. O‘sha kuni o‘tkazilgan to‘rtta bahsda jamoalar jami 27 ta gol urdi — bu har bir o‘yinga o‘rtacha 6,8 tadan gol degani.

Kun doirasida “Haydenhaym” “Dinamo Drezden”ni 5:3, “Energi” “Groyter”ga 3:4 hisobida yutqazdi. “Karlsrue” — “Volfsburg” uchrashuvi 2:5, “Nyurnberg” — “Arminiya” bahsi esa 4:1 hisobida yakunlandi.

Natijada bir o‘yin kunidagi o‘rtacha gollar soni 6,8 taga yetdi. Bu 2-Bundesliga tarixida bir o‘yin kuni uchun qayd etilgan eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Germaniya 2-Bundesligasi 1974-yilda tashkil etilgan. Dastlab musobaqa Shimol va Janub guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkazilgan, keyinchalik esa yagona divizion shakliga o‘tkazilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting