19 yoshli «Qayrat» tarbiyalanuvchisi o‘yin vaqtida vafot etdi
19 yoshli «Qayrat» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Dias Toleu Qozogʻiston birinchi ligasining 25-turidan oʻrin olgan «Xan Tengri» — «Ekibastuz» uchrashuvi vaqtida vafot etdi. Bu haqda QFF matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga koʻra, futbolchi bahsning 65-daqiqasida hech qanday to'qnashuvsiz maydonga yiqilib tushgan, shundan soʻng u zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish uchun maydondan olib chiqilgan. Biroq 16 oktyabr kuni kechqurun Toleu ko'rsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.
Maʼlumot uchun, Dias Toleu 2006 yilning 4 may kuni Olmaotada tugʻilgan va «Qayrat» akademiyasida tahsil olgan. U 2024 yilning aprel oyida «Xan Tengri» jamoasi safiga qoʻshilgan edi.
Yosh vinger joriy mavsum birinchi ligada 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Shuningdek, Toleu «Qayrat»ning yoshlar jamoasida 15 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.