locale OZ

19 aprel kuni o'zbek legionerlari maydonga tushishadi: Shomurodov, Husonov, Rahmonaliyev, Turg'unboyev, Esonov

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
19 aprel kuni o'zbek legionerlari maydonga tushishadi: Shomurodov, Husonov, Rahmonaliyev, Turg'unboyev, Esonov
19 aprel kuni o'zbek legionerlari maydonga tushishadi: Shomurodov, Husonov, Rahmonaliyev, Turg'unboyev, Esonov

19 aprel kuni bir qator o'zbek legionerlari o'z klublari safida maydonga tushishadi.

O'yinlar taqvimi (Toshkent vaqti bilan):
Turkiya Superligasining 32-turida Aziz Turg'unboyev to'p surayotgan "Sivasspor" klubi "Qasimpasha"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 15:30 da boshlanadi.
Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida Sherzod Esonov to'p surayotgan "Akron" jamoasi Moskvaning "Spartak" klubini qabul qiladi. O'yin 16:30 da start oladi.
Ozarbayjon chempionatida "Sabah" jamoasi o'z maydonida "Sabayil"ga qarshi maydonga tushadi. O'zbek yarim himoyachisi Umirali Rahmonaliyev "Sabah" safida to'p suradi. Bahs 18:30 da boshlanadi.
Angliya Premer-ligasining 33-turida Abduqodir Husonov harakat qilayotgan "Manchester City" safarda "Everton"ga qarshi o'ynaydi. O'yin 19:00 da boshlanadi.
Italiya A Seriyasining 33-turida Eldor Shomurodov to'p surayotgan "Roma" jamoasi safarda "Verona"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 23:45 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting