180 nafar «Napoli» muxlisi «PSV»ga qarshi oʻyin oldidan hibsga olinib, Niderlandiyadan chiqarib yuborildi
Ushbu bahs 21 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
20 oktyabr oqshomida «Napoli» klubining 180 nafar muxlisi tartibsizliklarning oldini olish maqsadida Niderlandiyadan chiqarib yuborildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, italiyalik muxlislar Eindhovenda joylashgan shahar markazida xavfsizlik zonasini buzgan.
Ular politsiya talabiga qaramay hududni tark etmagani sababli hibsga olingan va yig‘ilish o‘tkazish qoidalarini buzganlikda ayblanib, avtobuslarda politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Tekshiruv davomida ayrim muxlislarning hatto kechki oʻyinga chipta olmagani ham maʼlum boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan oʻrin olgan «PSV» — «Napoli» oʻyini 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist