locale OZ

18 yoshli basketbolchi 10 yilga qamalishi mumkin

Ayblanuvchi kiberjinoyatchilarning qurboni boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
18 yoshli basketbolchi 10 yilga qamalishi mumkin
FOTO: Getty Images

18 yoshli basketbolchi va MO.BASKET loyihasi ishtirokchisi Maksim Novikov 2 noyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan havaskor o‘yin chog‘ida hibsga olindi.

Yosh sportchiga katta miqdordagi firibgarlikda ishtirok etganlik ayblovi qo‘yilgan. Hozirda Maksim hibsda. Bu haqda uning qiz do‘sti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.

Qizning aytishicha, Novikov kiberjinoyatchilarning qurboni bo‘lgan. Noma’lum shaxslar unga Davlat xizmatlari portali buzilganligi va soxta kredit ochilgani haqida xabar berib, o‘zi va oilasi terror tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblanishi mumkinligiga ishontirgan.

«O‘z mablag‘larini qonuniylashtirish» bahonasi bilan jinoyatchilar yigitni ma’lum bir posilkani topshirishga jalb qilgan. Maksim esa bu jarayonda maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilayotganini o‘ylagan. Hozir Novikovni 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting