locale OZ

15 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida debyut qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
15 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida debyut qildi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
07.04.2025, Yak.
Lester
0
Nyukasl
3

Angliya Premyer-ligasining 31-turidan o'rin olgan “Lester Siti” va “Nyukasl” o'rtasidagi bahsda “tulkilar”ning 15 yoshli hujumchisi Jeremi Mongo o'z debyutini o'tkazdi. Futbolchi 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

BBC ma'lumotlariga ko'ra, 15 yoshu 271 kunlik bo'lgan Mongo 2022-yilning sentyabr oyida 15 yoshu 181 kunligida debyut qilgan “Arsenal” a'zosi Etan Nvaneridan keyingi Angliya Premyer-ligasida o'ynagan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi.

Ta'kidlash joiz, Mongo homiylar nomi tushirilmagan futbolkada harakat qilgan. Chunki 2020-yildan buyon APL 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga homiylar tasviri tushirilgan formalarni kiyishni taqiqlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting