locale OZ

10 kishi bo‘lib qolgan «Manchester Siti» derbida g‘alaba qozondi

Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
10 kishi bo‘lib qolgan «Manchester Siti» derbida g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer Ligasining 2026/27-yilgi mavsum 4-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv — “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi derbi o‘z nihoyasiga yetdi. Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida kechgan bahsda “shaharliklar” 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 60-daqiqada Erling Holand raqib darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

“Shaharliklar” sharafini himoya qiladigan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

"Shaharliklar" 12 ochko jamg‘ardi. Jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha xuddi shuncha ochkoga ega "Arsenal"dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" esa 4 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting