locale OZ

1-liga o‘tish turniri — 2025 musobaqasi yakunlandi

Musobaqada 15 ta jamoa ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
1-liga o‘tish turniri — 2025 musobaqasi yakunlandi
Фото: ЎФА

Xabaringiz bor, yil davomida Respublikamizning tuman va shaharlarida yarim professional va havaskor jamoalar o‘rtasida 2-liga musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Hozirga kelib, yarim professional va havaskor jamoalar soni jami 229 taga yetdi.

O‘FA muntazam ravishda yil yakunida 2-liga g‘olib va sovrindor jamoalari o‘rtasida “1-liga o‘tish turniri”ni tashkil etib kelmoqda. Ushbu turnir yosh iqtidorli futbolchilarni professional futbolga jalb etish, jamoalar saviyasini oshirish, o‘yin amaliyotini ko‘paytirish hamda 1-liga uchun munosib, raqobatbardosh jamoalar sonini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilgi "1-liga o‘tish turniri" 1–8 dekabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning final bahsida Namangan viloyatining “Barkamol” jamoasi va Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi kuch sinashdi. Yakunda “Nurafshon” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning 3-o‘rinini Surxondaryo viloyatining TERDU jamoasi egalladi.

Yakunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting