TerDU oʻyinlar uchun pul topa olmayapti
Qolaversa, jamoaning keyingi taqdiri ham nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ғазалкент ПФК
Proliga ishtirokchisi TerDU klubi moliyaviy muammolar sabab oʻyinlarga ham pul topa olmayapti.
Kun kecha jamoa Proliga 20-tur doirasida “Gʻazalkent”ga qarshi Toshkentda oʻzaro toʻqnash keldi. Unda poytaxtliklar 4:1 hisobidagi ishonchli gʻalabaga erishdi.
Maʼlum boʻlishicha, klub safardagi bahsiga ham pul topishga qiynalgan.
Natijada “Gʻazalkent” rahbariyati jamoaning kelib-ketishi uchun 10 million soʻm miqdorida yordam puli bergan. Qolaversa, futbolchilarning ovqatlanishlariga ham koʻmaklashgan.
TerDU hozirda moliyaviy muammolar sabab oʻyinchilarga ham maosh bera olmayapti. Proliga turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallagan. Qolaversa, jamoaning keyingi taqdiri ham nomaʼlum boʻlib qolmoqda.