locale OZ

Ruslanbek Jiyanov: «Juda qiyin bo‘ldi. Muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatladi»

“Navbahor” g‘alabani saqlab qolib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilish muvaffaqiyatiga erishdi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruslanbek Jiyanov: «Juda qiyin bo‘ldi. Muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatladi»
Фото: Навбаҳор ПФК

Superliga 18-turida “Navbahor” jamoasi Namangan shahrida “Nasaf”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yin 1:0 hisobida "lochinar"ning minimal ustunligi bilan yakunlandi. Qolaversa, ikkinchi bo‘lim boshlarida mezbonlar maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Saidazamat Mirsaidov chetlatildi. Shunga qaramay, “Navbahor” g‘alabani saqlab qolib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilish muvaffaqiyatiga erishdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa yetakchisi Ruslanbek Jiyanov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Avvalo, barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Aynan muxlislarimizning tinimsiz qo‘llab-quvvatlashi va bizni yolg‘iz qoldirmagani tufayli g‘alabaga erishdik. Ayniqsa, maydonda kam bo‘lib qolganimizda aynan sizlar yordam berdingizlar va bizni tinimsiz ruhlantirdingizlar. Go‘yo bizning 11-o‘yinchimizga aylandingizlar”, — dedi Jiyanov.

Endilikda Temur Kapadze jamoasi 19-tur uchrashuvini 26 avgust kuni safarda “Mash’al”ga qarshi o‘tkazadi. Guzordagi bahs soat 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting