locale OZ

«Mash’al»da ham moliyaviy muammolar bor

Hozirda klub Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al»da ham moliyaviy muammolar bor
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash’al” jamoasida ham moliyaviy muammolar avj olgan. Klub 4 oydan beri futbolchilarga maosh bera olmayapti.

Qolaversa, jamoada ishlayotgan xodimlar ham xuddi shuncha vaqtdan beri maoshsiz ishlab kelmoqda. Hozirda klub Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Sergey Lushan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandan so‘ng, jamoa bir g‘alaba va bir durang qayd etgandi.

Klub Superliga 19-turini G‘uzorda “Navbahor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs soat 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting