locale OZ

«Manchester Siti» Rodri bo‘yicha «Real»ga qat’iy shart qo‘ydi

«Manchester Siti» muzokara strategiyasini juda aniq olib bormoqda.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Rodri bo‘yicha «Real»ga qat’iy shart qo‘ydi
photo: gettyimages

«Manchester Siti» Rodri bo‘yicha «Real»ga qat’iy shart qo‘ydi

«Manchester Siti» yarim himoyachi Rodri transferi borasida «Real» bilan muzokaralarda o‘z pozitsiyasidan chekinmoqchi emas. Ingliz klubi futbolchini sotishga majbur emas va kelishuv faqat o‘z talablariga mos taklif bo‘lsagina amalga oshishini bildirgan.

Kataloniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Real» Rodri transferi Diomande kelishuvi kabi oson kechadi, deb hisoblagan. Biroq har ikki yo‘nalishda ham Madrid klubi jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» muzokara strategiyasini juda aniq olib bormoqda. Klub futbolchi uchun belgilangan narxni pasaytirmoqchi emas.

Ingliz klubi Rodrini sotishga majbur emas. Hatto futbolchi 2027-yilda erkin agent sifatida ketishi mumkin bo‘lsa ham, «Siti» uni hozir arzon narxda qo‘yib yuborishni istamayapti. Klub yarimhimoyachi uchun bonuslar bilan birga 70 million yevro talab qilmoqda va bu summadan chekinish niyatida emas.

photo: gettyimages

«Siti» avval ham shunday yo‘l tutgan

Sport nashri yozishicha, «Manchester Siti»ning futbolchilarni sotishdagi siyosati doim aniq bo‘lgan: klub ketishni istagan futbolchiga to‘sqinlik qilmaydi, ammo faqat moliyaviy taklif jamoani qoniqtirgan taqdirdagina transferga rozilik beradi.

«Barselona» avvalroq Erik Garsiya transferida aynan shunday vaziyatga duch kelgan edi. Kataloniya klubi futbolchini darhol sotib ola olmagan va oxir-oqibat uning erkin agent sifatida ketishini kutishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, «Barselona»ning Bernardu Silvani qo‘lga kiritish bo‘yicha bir nechta urinishlari ham rad etilgan.

photo: gettyimages

Rodri ketishni so‘ragan

Manbaga ko‘ra, Rodri «Manchester Siti»dan ketish istagini allaqachon bildirgan. Endi u «Real» ingliz klubining moliyaviy talablarini bajarishini kutmoqda. «Siti» esa «Oltin to‘p» sohibi uchun so‘ralayotgan summani adolatli deb hisoblamoqda.

Madrid klubi rahbariyati dastlab transfer 48 soat ichida hal bo‘ladi, deb o‘ylagan. Ammo hozir «Real» muzokaralar ko‘proq vaqt olishini va kelishuv kutilganidek oson yakunlanmasligini tushunib turibdi.

«Manchester Siti» Buaddi transferi ustida ishlamoqda

Shu bilan bir vaqtda «Manchester Siti» Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi transferi bo‘yicha ham harakat qilmoqda. «Lill» futbolchisi 2026-yilgi Jahon chempionatining kashfiyotlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Hozircha yakuniy kelishuv yo‘q, biroq futbolchi yaqin haftalarda «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolashi mumkin. Uning kelishi Rodrining ketishini anglatmaydi. Bu transfer ko‘proq Mateo Kovachichning jamoani tark etishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki u bosh murabbiy Enso Mareska rejalaridan o‘rin olmagan.

photo: gettyimages

Sport nashri ta’kidlashicha, Rodri «Real» bilan to‘liq kelishuvga erishgan va transferni amalga oshirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi. Biroq uning «Manchester Siti» bilan alohida munosabatlari sabab futbolchi muzokaralarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

Rodri o‘zining transfer qiymati bundan pastroq bo‘ladi, deb o‘ylagan. Endi esa «Real»ning shoshilinch ehtiyoji va «Manchester Siti»ning qat’iy talablari deyarli tayyor ko‘ringan kelishuvni murakkablashtirib yuborishi mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting