Javohir Alijonov «Neftchi»ni tark etdi
26 yoshli futbolchi mavsum arafasida jamoa bilan shartnoma imzolagandi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Do'stlik
O‘zbekistonlik futbolchi Javohir Alijonov Qirg‘izistonning "Neftchi" klubini tark etdi. Sports24.uz nashri xabar berdi.
26 yoshli futbolchi mavsum arafasida jamoa bilan shartnoma imzolagandi. Biroq birinchi davrani o‘rtalariga kelib, tomonlar kelishuvni bekor qildi.
"Paxtakor" yetakchisi Hojiakbar Alijonovning ukasi bo‘lmish Javohir endilikda O‘zbekistonda to‘p suradi.
Futbolchi faoliyati davomida "Bunyodkor", "Andijon" va Farg‘onaning "Neftchi" klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham o‘ynagan. Uning yangi jamoasi tez orada ma’lum qilinadi.
Farhod Fayziyev
Ekspert