locale OZ

Zlatan Ibragimovich Tayson Fyuriga qarshi jang qilmoqchi

Futbolchining soʻzlariga koʻra, jang 1 avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zlatan Ibragimovich Tayson Fyuriga qarshi jang qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Futbol boʻyicha Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich superogʻir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF yoʻnalishlari boʻyicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri bilan koʻz urishtirish (battle of faces) marosimini oʻtkazdi hamda joriy yilning 1 avgust kuni Dublin (Iralandiya) shahrida unga qarshi ringga chiqishiga shama qildi.

«Tezkor xabar! Jang 1 avgust kuni Dublin (Irlandiya) shahrida boʻlib oʻtadi. Boksni yana buyuk qilamiz», — deya Ibragimovich oʻzining X (Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan suratga izoh qoldirdi.

Maʼlumot uchun, Tayson Fyuri hozirda 37 yoshda. Britaniyalik bokschi professional faoliyati davomida 35 ta gʻalaba (24 tasi nokaut bilan), 2 ta magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

44 yoshli Ibragimovich esa 2023 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Shved hujumchisi faoliyati davomida «Malmyo», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Los-Anjeles Gelaksi» klublarida toʻp surgan. Uning soʻnggi jamoasi «Milan» boʻldi. Avvalroq shved futbolchisi yorqin faoliyati uchun UEFAning maxsus mukofoti bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting