locale OZ

Zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi

Mazkur zalda 80 nafar yoshlar boks va kikboksing bilan muntazam shugʻullanish imkoniga ega boʻldi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Farg'ona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabi tasarrufidagi sport zali mukammal taʼmirlanib foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev, tuman prokurori Oʻktamjon Yoʻlchiyev, sportchi yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sport maktabi tashabbusi asosida zamonaviy qiyofa kasb etgan mazkur zalda 80 nafar yoshlar boks va kikboksing bilan muntazam shugʻullanish imkoniga ega boʻldi.

Bu kabi xayrli ishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va sport orqali iqtidorlarni kashf etishga xizmat qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting