Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yana 19 nafar o'zbekistonlik yarim finalga chiqdi
25 aprel kuni Ammonda (Iordaniya) boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final janglari yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasidan to'qqiz nafar yigit va o'n nafar qiz yarim finalga yo'l oldi.
Bundan avval, kichik yosh toifasida ishtirok etgan 11 nafar qiz va 12 nafar o'g'il bola ham yarim finalga chiqqan edi. Yuniolar o'rtasidagi yarim finalga chiqqan o'zbekistonliklar ro'yxati:
Yigitlar:
– 48 kg: Xabibullo Saynazarov
– 52 kg: Asadbek Esonboev
– 54 kg: Bobomurod Boymirzaev
– 57 kg: Asilbek Abdqodirov
– 60 kg: Abrorbek Sharipov
– 63,5 kg: Saidxo'ja Sa'dillaxo'jaev
– 70 kg: Dyorbek Murodilloev
– 75 kg: Xurshidbek Jo'raev
– +80 kg: Artur Kenesbaev
Qizlar:
– 48 kg: Nazokat Mardonova
– 50 kg: Shodiyona Melikozieva
– 52 kg: Kumriniso Muhammadova
– 54 kg: Sabrina Chaqomanova
– 57 kg: Farzuna Ro'zieva
– 60 kg: Rushanabonu Isoeva
– 70 kg: Ulbosin Jalǵasbaeva
– 75 kg: Samira To'rqunova
– 80 kg: Nigina Abdusayidova
– +80 kg: So'hibaxon Xudoyberdiyeva
O'zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi yarim final janglari 27 aprel kuni bo'lib o'tadi.