locale OZ

Yaponiyalik “Monster” Ahmadalievga qarshi jang oldidan o‘zbekistonlik bokschiga zarba bergan raqibdan yordam so‘radi

Naoya Inoue mashg‘ulotlariga Marlon Tapalesni jalb qildi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

14 sentyabr kuni Tokio shahrida super engil vaznda jahon chempionlik kamari uchun katta to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Yaponiyaning mashhur bokschisi Naoya Inoue o‘z unvonini o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi himoya qiladi.

Jang oldidan ikki bokschi ham so‘nggi tayyorgarlik bosqichida. Qizig‘i shundaki, Inouening mashg‘ulotlariga filippinlik Marlon Tapales ham qo‘shildi. Bu bokschi 2023 yilda Ahmadalievni hakamlar qarori bilan mag‘lub etgan edi. Biroq keyingi jangda u aynan Inouedan nokautga uchragan.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliev AQShda o‘tkazgan yig‘indan so‘ng Tokiyoga yetib keldi va hozirda jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting