Yangilangan WBC reytingida 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi qayd etildi
Jalolov, Melikuziev va Madrimov kuchli o‘nlikdan joy oldi
Rasm: Gazeta.uz
Butunjahon boks kengashi (WBC) professional bokschilarning navbatdagi reytingini e'lon qildi. Undan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi.
Superog‘ir vazn (+101,6 kg):
– Bahodir Jalolov — 7-o‘rin
– Lazizbek Mullojonov — 35-o‘rin
Supero‘rta vazn (76,2 kg):
– Bektemir Melikuziev — 8-o‘rin
Birinchi o‘rta vazn (69,8 kg):
– Isroil Madrimov — 7-o‘rin
Ikkinchi yarim engil vazn (58,9 kg):
– Xurshidbek Rasuljonov — 31-o‘rin
Yarim engil vazn (57,1 kg):
– Otabek Xolmatov — 10-o‘rin
Bu natijalar O‘zbekiston bokschilari xalqaro maydonda barqaror o‘rin egallab borayotganini ko‘rsatadi.
Bakradze Iman
Redaktor