locale OZ

Yangi O‘zbekiston qizlari – xalqaro arenalarda yangi yutuqlar bilan!

Gvardiyachi sportchi qizlar nufuzli musobaqalardagi muvaffaqiyatlari uchun taqdirlandi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

28 iyun – 7 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida uch nafar gvardiyachi qiz munosib ishtirok etdi.

Ular orasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova finalda Olimpiya chempioni, uch karra jahon g‘olibi bo‘lgan turk sportchisi Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu musobaqada oltin medal yutgan ilk o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi.

Bu yutuqlar, avvalo, davlatimiz rahbarining sport sohasida ham ayollarga qaratgan e’tibori va yaratilgan imkoniyatlar samarasidir. Bunday g‘amxo‘rlik xalqaro musobaqalardagi zafarlarda o‘z ifodasini topmoqda.

Shuningdek, 27 iyun – 8 iyul kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida biatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. 6 davlatdan 17 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada Milliy gvardiya vakili Oydina Ikramova 3 km masofada birinchi, 5 km masofada esa ikkinchi o‘rinni egallab, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Jo‘raev xalqaro musobaqalar g‘oliblari va ularning murabbiylari bilan uchrashib, samimiy tilaklarini izhor etdi. Tadbir yakunida sportchilar va murabbiylar munosib rag‘batlantirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting