Yana ikki g‘alaba — O‘zbekiston yetakchilikni mustahkamladi
Yangi medallar reytingi e’lon qilindi, O‘zbekiston Qozog‘istonni ortda qoldirdi
Rasm: Telegram
Bangkokdagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar yana ikki medalni qo‘lga kiritdi. Yangilangan medallar jadvaliga ko‘ra, yurtimiz terma jamoasi umumiy hisobda birinchi o‘rinda bormoqda.
Oltin medal
-57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova finalda hindistonlik Yatri Shirishkumarning ustunidan yirik hisobda — 5:0 g‘alaba qozondi.
Kumush medal
-70 kg vaznda Oysha Toirova finalda qozog‘istonlik Bakit Seidishga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Medallar jadvalida O‘zbekiston yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti.

Bakradze Iman
Redaktor