locale OZ

Xose Benavides kokain uchun diskvalifikatsiya qilindi

Amerikalik bokschi 9 oyga musobaqalardan chetlatildi, so‘nggi jang natijasi bekor qilindi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Amerikalik professional bokschi Xose Benavides doping qoidalarini buzganligi sababli to‘qqiz oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Boxing Scene nashri Boks komissiyalari assotsiatsiyasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Fevral oyida Denni Rozenbergerga qarshi o‘tkazilgan jangidan so‘ng olingan doping namunasidan kokain metaboliti — benzoilekgonin aniqlangan. Holbuki, ushbu jangda Benavides raqibini nokaut qilgan edi. Biroq doping qoidabuzarligi tufayli jang natijasi bekor qilindi va rasmiy hisobga olinmadi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, Benavides 2025 yil 31 oktyabrga qadar ABC (Boks komissiyalari assotsiatsiyasi) homiyligidagi janglarda ishtirok eta olmaydi.

Xose Benavides hozirgacha 28 ta g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durang natijaga ega. U avvalroq WBA versiyasi bo‘yicha birinchi yarim o‘rta vaznda vaqtincha chempion bo‘lgan, 2018 yilda esa WBO kamar uchun bo‘lgan jangda Terens Kroufordga yutqazgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting