World Boxing kubogida ikki bosqichda g‘alaba qozongan 6 bokschidan 3 nafari — o‘zbekistonlik
Javohir Ummataliev, Fazliddin Erkinboev va Jahongir Zokirov musobaqada barqaror natija qayd etmoqda
Rasm: boxing.uz
World Boxing tashkiloti kubogining uchinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, atigi 6 nafar bokschi ikki bosqichda g‘alaba qozongan. Quvonarlisi, ularning uch nafari O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hisoblanadi.
Ikki bosqichda zafar quchgan bokschilar ro‘yxati:
Javohir Ummataliev
Fazliddin Erkinboev
Jahongir Zokirov
Yuri Reis (Braziliya)
Luiz Oliveira (Braziliya)
Pihla Kaivo-Oja (Finlandiya)

Bakradze Iman
Redaktor