locale OZ

World boxing kubogi: Erkaklar terma jamoamiz doimgidek yetakchi boʻlishdi

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan, World boxing kubogining 2-bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
World boxing kubogi: Erkaklar terma jamoamiz doimgidek yetakchi boʻlishdi
photo: boks Uzbekistan

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan, World boxing kubogining 2-bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqada ajoyib ishtirok etgan terma jamoamiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan yana yetakchi bo‘ldi. Umimiy jadvalda esa mezbonlar Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza bilan birinchi, 5 ta oltin, 3 ta bronza bilan Qozog‘iston ikkinchi va 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronzani qo‘lga kiritgan terma jamoamiz kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-57 kg: Nigina O‘ktamova

Kumush medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-48 kg: Farzona Fozilova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+90 kg: Arman Maxanov
-60 kg: Sitora Turdibekova
-75 kg: Aziza Zokirova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting