World Boxing Jahon kubogi: O‘zbekiston musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Sabina Boboqulova angliyalik raqibasini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Rasm: boxing.uz
Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Boxing Jahon kubogi musobaqasida o‘zbekistonlik bokschilar yaxshi start bilan qatnashmoqda.
-51 kg vazn toifasidagi bahsda Sabina Boboqulova angliyalik Kelsey Oakleyga qarshi ringga chiqdi. Qattiq kurash ostida kechgan jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Bu natija bokschilarimiz uchun musobaqaga yaxshi kayfiyatda kirib kelish va ishonch bilan davom etish imkonini yaratdi.
Bakradze Iman
Redaktor