«World Boxing Cup Finals 2026» musobaqasi sanasi o‘zgartirildi
"World Boxing" tashkiloti 2026 yilda Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Jahon kubogining o‘tkazilish muddatiga o‘zgartish kiritilganini ma’lum qildi.
photo: gettyimages
"World Boxing Cup Finals 2026" musobaqasi sanasi o‘zgartirildi
"World Boxing" tashkiloti 2026 yilda Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Jahon kubogining o‘tkazilish muddatiga o‘zgartish kiritilganini ma’lum qildi.
Avvalroq musobaqa 2026 yil 25 noyabrdan 2 dekabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Yangilangan taqvimga ko‘ra esa, Jahon kubogi 2026 yil 26 noyabrdan 4 dekabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda dunyoning eng kuchli bokschilari ishtirok etadi. Final bosqichiga mezbonlik qilish huquqi O‘zbekistonga berilgan bo‘lib, musobaqa Toshkent shahrida tashkil etiladi.
World Boxing ma’lumotiga ko‘ra, sananing o‘zgartirilishi xalqaro musobaqalar taqvimini muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshirilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor