locale OZ

World Boxing ayollar uchun yangi qoidalarni joriy etdi

Endilikda sportchi ayollar genetik testdan o'tishi shart bo'ladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

World Boxing tashkiloti o'z turnirlari uchun yangi tartiblarni e'lon qildi. 20 avgustdan kuchga kirgan qoidaga ko'ra, ayol sportchilar ringga chiqishdan oldin genetik testdan o'tib, tug'ilganda belgilangan jinsini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etishlari kerak.

Ushbu talab birinchi marta 4–14 sentabr kunlari Liverpulda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qo'llaniladi. Tekshiruv barcha o'nta ayollar vazn toifasi uchun majburiy hisoblanadi.

Test bir marotaba amalga oshiriladi va u sportchida Y-xromosomaning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlab beradi. Milliy federatsiyalar bokschilarning biologik jinsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart, aks holda sportchi musobaqaga qo'yilmaydi.

World Boxing prezidenti Boris van der Vorstning ta'kidlashicha, yangi qoida janglarda xavfsizlik va adolatni ta'minlashga qaratilgan. Uning fikricha, ayniqsa ayollar musobaqalarida bu masala o'ta dolzarb hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting