locale OZ

WBO Aleksandr Usikning navbatdagi jangini rasman e’lon qildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
WBO Aleksandr Usikning navbatdagi jangini rasman e’lon qildi
FОТО: WBO

Xalqaro boks tashkiloti (WBO) prezidenti Gustavo Oliveri bu ma’lumotni rasman tasdiqladi.

Ukrainalik uchta asosiy yo‘nalish chempioni Aleksandr Usik IBF kamari sohibi britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi yana mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

“Bizning tashkilotga Usik va Dyubua o‘rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi yuzasidan so‘rovnoma kelib tushdi. Biz bu jang o‘tkazilishini qanoatlantiramiz. Qolaversa, Jozef Parker maqomini ham ko‘rib chiqamiz”, — deya Oliverining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports portali.

Eslatib o‘tamiz, Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning 22-dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida britaniyalik Tayson Fьyuriga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Dyubua esa 22-fevral kuni Jozef Parkerdan kamarini himoya qilishi kerak edi. Ammo jangga ikki kun qolganida Parker betob bo‘lib qolgan va uning o‘rnini qisqaf fursatda afrikalik Martin Bakole egallagandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting