locale OZ

WBC Usik va Verxuven jangi uchun maxsus kamar tayyorladi

Ushbu toʻqnashuv 30 may kuni boʻlib oʻtadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
WBC Usik va Verxuven jangi uchun maxsus kamar tayyorladi
FOTO: Getty Images

Butunjahon boks kengashi (WBC) ogʻir vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Usik hamda niderlandiyalik Riko Verxuven oʻrtasidagi chempionlik jangi gʻolibi uchun maxsus kamar tayyorladi.

Ushbu toʻqnashuv shu yilning 30 may kuni Misrning Giza shahrida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Aleksandr Usik hozirda 39 yoshda. 2012-yilgi Olimpiada chempioni boʻlgan ukrainalik bokschi professional ringdagi debyutini 2013 yilda oʻtkazgan. U 2016 yilda birinchi yarim ogʻir vazn toifasida jahon chempioniga aylangan boʻlsa, 2018 yilda ushbu vaznda mutloq chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Usik oʻz muvaffaqiyatlarini ogʻir vazn toifasida ham davom ettirib, 2024 yilda mutloq jahon chempioni, 2025 yilda esa ikki karra mutloq jahon chempioni degan sharafli unvonga sazovor boʻldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting