locale OZ

WBC Gran-prisining birinchi bosqichida oʻzbek bokschilari qancha pul ishlashdi: janglar natijalari va mukofotlar

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
WBC Gran-prisining birinchi bosqichida oʻzbek bokschilari qancha pul ishlashdi: janglar natijalari va mukofotlar
WBC Gran-prisining birinchi bosqichida oʻzbek bokschilari qancha pul ishlashdi: janglar natijalari va mukofotlar

21 aprel kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC boks gran-prisining saralash bosqichi yakunlandi. Mazkur musobaqada Oʻzbekistondan besh nafar mahoratli bokschi ishtirok etdi.

Yorim engil vazn toifasida Ayubxon Baxtiyorov fransiyalik Jamal Hojabani oltinchi raundda texnik nokaut bilan magʻlub etdi. Mujibillo Tursunov esa super engil vazn toifasida Qozogʻiston vakili Maykl Adasodunni ochkolar boʻyicha yutib, gʻalaba qozondi. Kamronbek Eshmatov esa ukrainalik Danilo Lozanoga yutqazdi.
Oʻrta vaznda Suxrob Qayumov Fransiya vakili Eprem Barikoga ochkolar hisobida yutqazdi. Ogʻir vaznda Lazizbek Mullojonov Panamadan kelgan Marvin Mendosani muddatidan avval magʻlub etdi.

Shunday qilib, janglarida gʻalaba qozongan oʻzbek bokschilari 15 000 AQSh dollaridan mukofot puliga ega boʻlishdi, magʻlub boʻlganlar esa 7 000 dollardan olishdi. Endilikda Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov va Lazizbek Mullojonov iyun oyida yarim final janglarini oʻtkazishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting