locale OZ

WBC Gran-prisi. Ayubxon Baxtiyorovning keyingi raqibi qozog‘istonlik bokschi!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
WBC Gran-prisi. Ayubxon Baxtiyorovning keyingi raqibi qozog‘istonlik bokschi!
FОТО: WBC

Kecha Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisi start olgan edi.

Musobaqaning ilk kuni yarimengil vazn toifasidagi Ayubxon Baxtiyorov Fransiya vakili Jamal Xajabni oltinchi raundda muddatidan avval mag'lub etgandi.

Endi hamyurtimiz nimchorak final bosqichida qozog‘istonlik Joldas Jenisov bilan to‘qnash keladi. Jenisov kecha birinchi jangida Ispaniya vakili Elyazid Ezzaydanini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Ma’lumot o‘rnida, Gran-pri doirasida nimchorak final bellashuvlari iyun oyida tashkil etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting