locale OZ

WBC Gran-pri 17 aprel kuni Ar-Riyodda start oladi. Turnirning ilk kuni o'zbek bokschisi ringga chiqadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
WBC Gran-pri 17 aprel kuni Ar-Riyodda start oladi. Turnirning ilk kuni o'zbek bokschisi ringga chiqadi
WBC Gran-pri 17 aprel kuni Ar-Riyodda start oladi. Turnirning ilk kuni o'zbek bokschisi ringga chiqadi

17 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda boks bo'yicha WBC Gran-pri musobaqasi boshlanadi. Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekistondan besh nafar bokschi ishtirok etadi. Turnirning birinchi kuni engil vazn toifasida janglar boshlanadi. Ushbu toifada o'zbekistonlik sportchi Ayubxon Baxtiyorov ringga chiqadi.

Baxtiyorovning birinchi bosqichdagi raqibi fransiyalik Jamol Hojab bo'ladi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Baxtiyorovdan tashqari, musobaqada Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov ham ishtirok etadilar.

Ushbu yirik musobaqada to'rtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi (har bir toifada 32 nafardan) ishtirok etadi:
– yarim engil (57,2 kg gacha),
– birinchi yarim o'rta (63,5 kg gacha),
– o'rta vazn (72,6 kg gacha),
– o'hir vazn (90,7 kg dan yuqori).

Turnir taqvimi:
Aprel – 1/16 final
Iyun – 1/8 final
Avgust – 1/4 final
Oktabr– 1/2 final
Dekabr – final

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting